Boş prokuratura matbuot xizmati Komil Allamjonovga uyuştirilgan qurolli hujum yuzasidan qöşimça ma’lumot berdi. Ma’lum qilinişiça, jinoyatni sodir etişga aloqador bölgan şaxslarning uç nafari uşlandi.
«Boş prokuratura tomonidan Qibraydagi qotillikka suiqasd holati bilan boğliq jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ötkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida uşbu jinoyatni sodir etişga aloqador bölgan şaxslarning yana uç nafari aniqlanib, gumonlanuvçi tariqasida uşlandi», deyiladi xabarda.
Boş prokuratura 26 oktyabr kuni soat 1:40 atrofida Toşkent viloyatining Qibray tumanidagi Ifor köçasida ikki noma’lum şaxs Prezident administratsiyasi sobiq xodimi Komil Allamjonovning Range Rover rusumli yöltanlamas avtomobiliga öqotar quroldan bir neça marta öq uzib, voqea joyidan qoçib ketgani haqida xabar bergandi. Haydovçi va Allamjonov jabrlanmagan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (Qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
27 oktyabr kuni uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanuvçilarning biri uşlangani xabar qilindi.

















