Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov xorijiy naşrlarda Özbekistondagi otişmaga aloqadorligi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi. U özining Komil Allamjonovga uyuştirilgan suiqasdga aloqadorligi töğrisidagi xabarlarni «siyosiy öyin» hamda «özbeklar va çeçenlar örtasida nizo keltirib çiqarişga qaratilgan harakat», deya baholagan.

«Özbekistonda bir neça hafta oldin içida Prezident administratsiyasining sobiq xodimi bölgan maşinaga qarata öq uzilgan edi. Heç kim jabrlanmadi. Gumonlanuvçilardan biri allaqaçon hibsga olingan, tergov barça iştirokçilarni va suiqasd sabablarini aniqlaşi kerak. Biroq, natijalarni kutmasdan, ğarbparast va ba’zi muxolifat naşrlar «çeçen izi» haqidagi versiyani örtaga taşladi, keyin bu izni butunlay menga boğlaşdi», — deb yozgan Qodirov özining telegram kanalida.

Çeçeniston yetakçisi bu «provokatsiya»ga javob bermasligini ta’kidlagan:

«Men bu provokatsion narsalarga javob bermayman. Qolaversa, Özbekistonda Şavkat Mirziyoyevning oqilona siyosati tufayli barça sohalar, jumladan, axborot va huquq-tartibot tizimidagi işlar a’lo darajada. Qöşimça qilamanki, agar men haqiqatan ham biror narsani rejalaştiradigan bölsam, bu işni 100 foiz natija bilan oxiriga yetkazaman».

Şuningdek, Ramzan Qodirov bu xabarlarni siyosiy öyin va özbeklar bilan çeçenlar örtasida nizo keltirib çiqarişga qaratilgan harakat sifatida baholagan.

«Çeçenlar va özbeklar tarixiy ötmişi umumiy bölgan qardoş xalqlardir. Bizning umumiy jihatlarimiz juda köp. Şaxsan men uçun Özbekiston – özbek xalqini, uning odob-axloqini sevgan aziz otam Ahmad Hoji hayotining alohida va muhim qismidir. Va men bu ma’lumotlarni uçinçi tomonlarning siyosiy öyin quroli va mamlakatlarimiz örtasida nizo keltirib çiqarişga qaratilgan oçiq uriniş sifatida baholayman. Işonçim komilki, Ğarbning soxta uslubiga boşqa naşrlar ham ergaşadi. Qanday bölmasin, men va Özbekistondagi aziz birodarlarim bu provokatsion ma’lumotlar ortida kim turganini bilib olamiz. Bu borada işlar allaqaçon boşlangan», — deydi Ramzan Qodirov.

Eslatib ötamiz, Boş prokuratura joriy yil 26 oktyabr kuni soat 1:40 atrofida Toşkent viloyatining Qibray tumanidagi Ifor köçasida ikki noma’lum şaxs Prezident administratsiyasi sobiq xodimi Komil Allamjonovning avtomobiliga öqotar quroldan bir neça marta öq uzganini xabar bergan edi