Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Nexia maktab oldida uch o‘quvchini urib yubordi
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Nexia 1 haydovchisi maktab oldidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 3 nafar o‘quvchini urib ketdi. Ulardan bir nafari shifoxonaga yotqizildi, ikki nafariga esa birinchi yordam ko‘rsatildi.
Foto: Farg‘ona viloyati YHXB
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida 16 oktyabr kuni haydovchi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni urib yubordi, deb xabar berdi viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Soat 12:30 atrofida Marg‘iloniy ko‘chasida Nexia 1 haydovchisi (1998 y.t.) 33-sonli umumta’lim maktabi oldidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 nafar o‘quvchini urib yuborgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida 1 nafar o‘quvchi davolanish uchun shifoxonaga yuborilgan, 2 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga fadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:15 / 16.12.2025
2,5 mlndan 1 mlrd so‘mgacha – 100 dan ortiq olimpiadachi o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlandi
20:14 / 16.12.2025
Toshkentda 75 tadan maktab va bog‘cha yetishmayapti
08:42 / 08.12.2025
Sinfni o‘zgartirish: ota-onalar qanday tartibda murojaat qiladi?
10:40 / 04.12.2025