Amaldagi qoidalarga ko‘ra:
Ota-ona (yoki qonuniy vakil) bolasini sinfdan sinfga o‘tkazish sabablarini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga yozma ariza beradi.
Maktab direktori arizani olgan kundan e’tiboran 1 ish kuni mobaynida uni ko‘rib chiqishi va o‘quvchini boshqa sinfga o‘tkazish yoki rad etish to‘g‘risida buyruq chiqarishi kerak.
Agar o‘sha sinfdagi o‘quvchilar soni belgilangan me’yor — 35 nafardan ortiq bo‘lsa, direktor o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazishni rad etishi mumkin.
Bunday holda rad etish haqidagi qaror 3 kun ichida ota-onalarga yozma ravishda yetkazilishi lozim.
Direktor o‘quvchini boshqa sinfga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qilganidan so‘ng, 3 kun ichida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Shu tariqa, bolaning sinfini o‘zgartirish ota-ona tashabbusi bilan rasmiy va aniq tartib asosida amalga oshiriladi.











