Texnologiya | 17:02 / 08.10.2016
5772
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Microsoft 3D grafikani qo‘llab-quvvatlovchi Paint dasturini taqdim etadi

Foto: menosfios.com

Microsoft kompaniyasi Paint grafik redaktorining yangi avlodini namoyish etishi mumkin. Tvitter foydalanuvchisi WalkingCat uning taqdimotiga bag‘ishlangan videorolikni qo‘lga kiritgan, deya xabar qilmoqda The Verge.

Microsoft dasturni to‘liq redizayn qilganidan tashqari, 3D grafikalarini chizish imkoniyatini ham taqdim etadi. Bu shuni anglatadiki, chizilgan yoki o‘rnatilgan obektlarni nafaqat vertikal va gorizontal holatda, balki chuqurligi bo‘yicha ham joylash mumkin bo‘ladi. 

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Redaktorning yangilangan versiyasi Paint Preview nomini olishi aytilmoqda. Yangi Paint shuningdek, planshet kompyuterlarda ishlashga moslashtirilgan. Microsoft kompaniyasi bu borada o‘zining Surface Pro planshetini taklif eta oladi. Hozircha, kompaniya rasman mazkur ilovasini taqdim etganicha yo‘q. 

Shu yilning may oyida Microsoft kompaniyasi Paint dasturini to‘liq yangilashi haqida ilk bor ma'lum bo‘lgan edi. 

Mavzuga oid