O‘zbekiston | 14:24 / 15.03.2019
6968
2 daqiqa o‘qiladi

«Lukoyl» O‘zbekistonda yangi hududlarni o‘rganadi

Foto: Vladislav Shatilo / RBK

«O‘zbekneftgaz»​ rahbariyatining ma'lum qilishicha, Rossiyaning «Lukoyl»​ kompaniyasi O‘zbekistonda yangi hududlarda o‘rganish ishlarini olib borayotganligini ma'lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

«Lukoyl»​ bilan yangi bloklarni o‘rganish yuzasidan memorandum imzolangan. Unga ko‘ra, mahalliy va xorijiy mutaxassislar mavjud geologik ma'lumotlarni o‘rganib chiqishadi. O‘rganish ishlari Navoiy viloyati hududidagi uchta blok bilan bog‘liq»​,  —​ deydi «O‘zbekneftgaz»​ AJ ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i Nodir Muhiddinov.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil yakuniga qadar o‘rganish ishlari yakunlanadi hamda kelasi yil avvalida bevosita geologik tadqiqot ishlari boshlanishi kutilmoqda.​

Kompaniyaning O‘zbekistonga kiritgan sarmoyasi 8 milliard dollarga yaqin, deya baholanadi. 

2019 yil O‘zbekistonda 146 ta yangi quduqlarni burg‘ilash, 159 ta mavjud quduqlarda kapital ta'mirlash ishlari va 7 ta yirik texnologik qurilmalarni qurib, ishga qo‘shish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid