Jahon | 08:37 / 06.03.2017
10541
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya Shimoliy Koreyadan qochib o‘tganlarga mukofot pulini oshirdi

Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreyadan qochib o‘tib, Kim Chen In boshqaruvi haqida ma'lumot taqdim qilganlarga mukofot pulini 4 marta oshirdi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi. 

Mukofot puli anchaginani – 1 mlrd vonni (860 ming dollarni) tashkil qiladi. Bungacha mukofot pulining maksimal miqdori 250 million vondan oshmagan edi.

Ta'kidlanishicha, bunday qaror Janubiy Koreya xavfsizligini oshirishga qodir bo‘lgan ma'lumot olishga qaratilgan.  

"Shimoliy koreyaliklar qochmasligining asosiy sabablaridan biri Janubiy Koreyaga kelgach pul topa olmasliklaridan qo‘rqishlari hisoblanadi. Rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar ularning bu xavotirlariga barham berishi mumkin", deb aytgan agentlik manbasi.

Mavzuga oid