Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
Donald Tramp bir nechta shtatda golf maydonlariga egalik qiladi, dunyoning qator yetakchilari uchun mazkur sport turi AQSh prezidenti bilan yaqinlashishning muhim usuli hisoblanadi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida golf bilan bog‘liq mashg‘ulotlarini qayta tikladi, deb xabar beradi NBC News.
Janubiy Koreya prezidenti ofisining ma’lum qilishicha, davlat rahbari «sakkiz yildan beri birinchi marta o‘zining golf uchun klyushkasini olgan».
Telekanalga ko‘ra, Tramp bir nechta shtatda golf maydonlariga egalik qiladi, qonun chiqaruvchilar, biznesmenlar va dunyoning qator yetakchilari uchun mazkur sport turi AQSh prezidenti bilan yaqinlashishning muhim usuli hisoblanadi.
Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Yun Sok Yol iqtisodiyot va xavfsizlik bo‘yicha favqulodda yig‘ilish chaqirgandi. Janubiy Koreya amaldorlari asosan Trampning AQShga kirib keladigan barcha import mahsulotlariga 20 foiz boj joriy etish borasidagi va’dasidan, shuningdek, Shimoliy Koreyaga nisbatan «o‘yinlaridan» xavotirda. Tramp prezidentligining birinchi muddatida KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Donald Tramp o‘z prezidentligining har beshinchi kunini golf-klublarda o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Tramp asosan Florida shtatidagi Palm-Bichda golf o‘ynaydi. U, shuningdek, o‘zining Nyu-Jyersi va Vashingtondagi golf maydonlariga ham tashrif buyurib turadi.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
21:31 / 26.06.2026