Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi egiluvçan displey texnologiyasining yangi bosqiçi bilan faxrlanib, 50 foizga kengayadigan va 10 ming martadan ortiq çözilişga bardoş beradigan ekranni namoyiş qildi. Bu haqda Gizmochina yozdi.
2022 yilda taqdim etilgan avvalgi model 12 dyuymdan 14 dyuymgaça çöziluvçan edi. Yangisi 18 dyuymgaça çöziladi va 100 ppi piksel ziçligini va töliq RGB rang xususiyatini saqlab qoladi.
LG öz ixtirosini «Ilğor displey texnologiyasi» deb atamoqda. Hozirgi egiluvçan ekranlardan farqli ölaroq, yangi displey şaklini özgartirişi, buklanişi, çözilişi va turli şaklni olişi mumkin. Kelajakda bunday texnologiya, masalan, aqlli soatlarda yoki hatto kiyimda ham qöllanilişi mumkin.
Bunday displeylar özining noyob çöziluvçanligiga qöşimça ravişda yupqa, yengil va 10 ming martagaça çözilişga bardoş bera oladi. Hozir texnologiyaning bozorga çiqariliş sanasi aniqlanmagan, biroq LG uni yaqin bir neça yil içida tijorat maqsadlarida foydalaniş uçun taqdim etilişini kutmoqda.

















