Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya kosmosni tadqiq etish uchun planetoxod yaratish loyihasini ishga tushidi
Mamlakat hukumati umumiy budjeti 16,6 mln dollarni tashkil etadigan ehtiyot qismlarni ishlab chiqish bo‘yicha 13 ta muassasa va kompaniya bilan kelishuvga erishdi.
Janubiy Koreya Sanoat vazirligi Oyni zabt etish borasida o‘sib borayotgan global raqobat fonida mahalliy planetoxodlarni yaratish loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi, deb xabar beradi Yonhap agentligi.
Qayd etilishicha, hukumat umumiy budjeti 16,6 million dollarni tashkil etadigan planexodlarning asosiy ehtiyot qismlarini yaratish bo‘yicha 13 ta muassasa va kompaniyalar, jumladan, Hyundai Motor Co. bilan kelishuvga erishgan.
Mazkur loyiha doirasida Janubiy Koreya planetoxodlar uchun motorlar, robotlashtirilgan manipulyatorlar va boshqa muhim ehtiyot qismlarni yaratish niyatida. Ular ekstremal sharoitlarda — o‘ta past harorat va yuqori radiatsiya darajasida ham ishlay olishi kerak.
«Janubiy Koreya sanoat raqobatbardoshligiga asoslangan kosmik sanoatda katta salohiyatga ega. Vazirlik kosmos, aviatsiya va mudofaa kabi sohalarda muhim materiallar, ehtiyot qismlar hamda uskunalar yaratish uchun mahalliy texnologiyalar joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettiradi», — deydi vazirning sanoat siyosati masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Li Sin Ryol.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Xitoyning «Chane-6» Oy zondi moduli Oy teskari tomonida to‘plangan tuproq namunalarini Yerga yetkazgandi. «Chane-6» Oy missiyasi 53 kun davom etgan. Namuna olish Janubiy qutb-Eytken havzasida, Oyning teskari tomonidagi eng katta kraterda amalga oshirilgan. Materialni ajratib olish uchun zond maxsus burg‘ilash moslamasi va robot qo‘ldan foydalangan edi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026