09:31 / 10.05.2024
6505

Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida Lacetti ag‘darilib ketdi

Islom Karimov - Taras Shevchenko ko‘chalari kesishgan chorrahada ikkita Lacetti avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 9 may kuni soat 19:30 larda Mirobod tumani Islom Karimov - Taras Shevchenko ko‘chalari kesishgan chorrahada 2 ta avtomashina ishtirokida YTH qayd etildi.

Haydovchilar, 2001 yilda tug‘ilgan Sh.I. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti va 1974 yilda tug‘ilgan O.N. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top