Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida Gentra avtomaşinasi TAPOiÇ köprigidan pastga qulab tuşgani aks etgan videolar tarqaldi.
Bu xabarlarda maşina uç qavatli köprikning uçinçi qavatida yuqori tezlikda haraktlangani, söngra boşqaruvni yöqotib, köprik tösiğini sindirib ötgani va ikkinçi qavatga tuşib ketgani ma’lum qilingan.
Toşkent şahar Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi ma’lumotiga köra, 18 may kuni soat 22:40 atrofida 21 yoşli haydovçi D.M. boşqaruvidagi Lacetti (Gentra) 26 yoşli Ş.O. boşqaruvida bölgan Monza bilan töqnaşgan.
Töqnaşuv maşina köprikdan qulaşi oldi yoki keyin sodir bölgani haqida aniq ma’lumot berilmagan.
YTH oqibatida Gentra haydovçisi va ikki yölovçisi tan jarohatlari şifoxonaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.












