O‘zbekiston | 11:46 / 15.05.2021
10958
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya O‘zbekistonga 61 mln yevro ajratadi

2021 yilda Germaniya hukumati O‘zbekistonga 23,5 mln yevro imtiyozli kredit ajratadi. Shuningdek, istiqbolli 8ta loyihani amalga oshirishda grantlar va texnik yordam shaklida 37,5 mln yevro miqdoridagi maqsadli moliyalashtirishni amalga oshiradi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi bilan videokonferensiya shaklida moliyaviy-texnik hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi yangi «Strategiya – 2030»ga muvofiq, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona hamkor-mamlakat sifatida belgilanganini ma'lum qilgan. Shuningdek, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakil tayinlanadi.

Germaniya tomoni kasb-hunar ta'limi, kichik va o‘rta biznesni kreditlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, o‘simliklar karantini xizmatini yaxshilash, sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa sohalarda loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishning yangi hajmlari bo‘yicha O‘zbekiston tomonining takliflarini qo‘llab-quvvatladi.

Muzokara yakunida Germaniya hukumati tomonidan 2021 yil uchun 61 mln yevro miqdorida, jumladan, 23,5 mln yevro – imtiyozli kreditlar va 37,5 mln yevro – O‘zbekistonda yuqorida qayd etilgan sohalarda 8ta loyihani amalga oshirish uchun grantlar va texnik yordam shaklida maqsadli moliyalashtirishni amalga oshirish masalasi to‘g‘risida kelishib olindi.

Mavzuga oid