Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nemis harbiylariga Grenlandiyani darhol tark etish buyurildi - OAV
Germaniyalik harbiylar Grenlandiyaga juma kuni yetib kelgan, ular orolda uzoqroq muddat qolishi mo‘ljallangandi. Bild gazetasining taxminicha, ular AQSh prezidenti Donald Trampning boj kiritish haqidagi tahdidi sababli orolni tark etishmoqda.
Foto: REUTERS
Bundesverning Grenlandiyadagi harbiylari Berlindan orolni zudlik bilan tark etish buyrug‘ini oldi, deb xabar berdi Bild nashri.
Nashrning bildirishicha, admiral Shtefan Pauli boshchiligidagi 15 nafar askar va ofitserlar Nuuka aeroportiga yo‘l olgan.
Bu yerda o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha tadbirlar bekor qilingan, rasmiy bayonot berilmadi, barchasi yashirincha amalga oshirilmoqda, deb yozadi Bild.
Germaniyalik harbiylar Grenlandiyaga juma kuni yetib kelgan, ular orolda uzoqroq muddat qolishi mo‘ljallangandi. Gazetaning taxminicha, ular AQSh prezidenti Donald Trampning boj kiritish haqidagi tahdidi sababli orolni tark etishmoqda.
Avvalroq Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘i orqali AQSh Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlandiya, Fransiya va Shvetsiyaga nisbatan 10 foizlik bojlar joriy etishini, bu tartib Grenlandiya to‘liq AQSh tasarrufiga o‘tmagunicha amal qilishini aytgandi. Bundan tashqari, u orolga Yevropa qo‘shinlarining kiritilishini “xavfli o‘yin” deb atagan.
Mavzuga oid
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
08:50 / 15.04.2026
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
09:30 / 10.04.2026