O‘zbekiston | 12:03 / 07.10.2021
13030
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yil boshidan beri 6551ta YTHdan 1682tasi o‘lim bilan tugadi

O‘zbekistonda joriy yil boshidan beri bugungi kunga qadar 6551ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, 6551ta yo‘l-transport hodisasidan 1682tasi o‘lim bilan tugagan. Jarohat olganlar soni esa 5920 nafarni tashkil etadi. 

Ma'lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisalarining deyarli 40 foizi tezlikni me'yoridan oshirish natijasidir. 

«Ayrim ijtimoiy tarmoq faollaridan, bu mavzuda fikrlarini yozishda «adolatsizlik», «sharmandalik» kabi terminlarni ishlatishdan oldin, yaxshilab o‘ylab ko‘rishlarini so‘raymiz. 

Yo‘l-transport hodisalarining deyarli 40 foizi tezlikni me'yoridan oshirish natijasidir. 

Yaqin kunlarda yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuz bergan jurnalistning o‘limi ham bizlar uchun dars bo‘lishi lozim», deyiladi xabarda.

Avvalroq, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi eksperti Nosirjon Zokirov yo‘l-transport hodisalari ko‘payib borayotgani va buning sabablari haqida gapirgandi.

«Yo‘l-transport hodisalari haqida kelayotgan ma'lumotlar xuddi frontdan kelayotganga o‘xshaydi, Tuproqqal'a tumanida 4 ta o‘lim, Andijonda 3 ta o‘lim, Qarshida bo‘lgan YTH, bir-ikkita o‘lim bo‘lganlarini gapirmayapman», dedi u.

Qo‘mita eksperti 2019 yilda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan taqdim qilinib, tasdiqlangan yo‘l belgilari bo‘yicha davlat standartlari haqida ham gapirdi. Nosirjon Zokirovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi yo‘l belgilariga oid standartlar Rossiyadan ko‘chirib olingan.

Mavzuga oid