«Yöl-transport hodisalari haqida kelayotgan ma'lumotlar xuddi frontdan kelayotganga öxşaydi, Tuproqqal'a tumanida 4 ta ölim, Andijonda 3 ta ölim, Qarşida bölgan YTH, bir-ikkita ölim bölganlarini gapirmayapman.
Savolim Avtomobil yöllari qömitasi vakiliga: 2020 yil 19 sentabr kuni bölgan yalpi majlisda qömita raisining örinbosari Özbekistonda 408 mingta yöl belgisi yetişmasligi haqida ma'lumot bergan edi. Statistika qömitasi ma'lumotlarida bu körsatkiç 150 mingta edi, lekin rasmiylar şu raqamni [408 mingta] aytişgan. Hozirda bu masala böyiça holat qanday, ijobiy tarafga özgariş bormi?» - dedi u.
Şuningdek, qömita eksperti 2019 yilda Avtomobil yöllari qömitasi tomonidan taqdim qilinib, tasdiqlangan yöl belgilari böyiça davlat standartlari haqida gapirdi. Nosirjon Zokirovning sözlariga köra, Özbekistondagi yöl belgilariga oid standartlar Rossiyadan köçirib olingan.
«Men ularni örganib çiqqanman, afsuski, Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi bilan kelişilgan yöl belgilariga oid standartlar Rossiya Federatsiyasidan köçirib olingan deyilgan. Bizda yöq belgilar şunday tarjima qilinganki… Sun'iy notekisliklarni tarjima ham qilib ötirmasdan rus tilidan töğridan-töğri köçirilgan. Mayli, texnik jihatdan tarjima qiliş qiyin bölgandir. Lekin Rossiya standartlarida 5.31 yöl belgisi bosib çiqarişdagi xatolik tufayli 5.3.1 bölib qolgan ekan. Xato şu böyiça köçirib olingan. Vaholanki, bizda unday belgi yöq, bizga töğri kelmaydi.
Normativ huquqiy hujjatning özi mustahkam bölmasa, qanday qilib yöl belgisini örnatib yoki çiziqni çizib böladi?» dedi ekspert.
Nosirjon Zokirovning ta'kidlaşiça, Özbekistondagi YTHlarning aksariyati piyodalar ölimi bilan tugayapti.

«Piyodalarni bosib ketyapti, urib ketyapti. Özbekistondagi piyodalar ötiş joylari qoniqarsiz taşkil qilingan.
Masalan, Çiroqçi tumanidagi Xöjaobod qişloğida Senat nazoratga olgan YTH oqibatida vafot etgan 7 yoşli qiz voqeasini olaylik. Men borib örganib keldim, senatorlarga rasmlarini ham taqdim qildim. Öşa yerdagi odamlar bilan gaplaşdim. Çiziqlarni çizib qöyişgan, balki belgilarni ham yangilaşgandir. Lekin u yerda asosiy masala qolib ketgan. Piyodalar ötiş joyidagi zebraning kengligi taxminan 2 metr bölsa, yöl örtasidagi betonning yoriği yarim metr. Önta bola ötayotgan bölsa, örtada kutib qoladi. Eng yomoni, farosatsizlikni qarangki, yöl ta'mirlovçilar betonni öygan, öyganda ham 20 sm atrofida pastki qismida beton qolgan. Xuddi ostonaga öxşab beton örtada qolgan. Har bir ötayotgan odam unga qoqilsa, yölning narigi tarafiga yiqilib tuşadi-ku.








