Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi» - prezident
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvi boshlandi.
“Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bu bizning strategik yo‘limiz! Tadbirkorlik qancha tez rivojlansa, mamlakatimiz shuncha qudratli bo‘ladi, xalqimiz shuncha farovon yashaydi.
Dekabr oyidagi “ochiq muloqot”da asosan yirik tadbirkorlar bilan gaplashib, keyingi rejalarni belgilab oldik.
Bugun kichik va o‘rta biznesda tez o‘sayotgan tadbirkorlarga ko‘mak berib, ularni ham “chempion”ga aylantirish uchun nima qilish kerak, degan savolga sizlar bilan birgalikda javob topishimiz zarur”, - dedi davlat rahbari so‘zining avvalida.
Yurtimizda kichik va o‘rta biznes ish o‘rni, investitsiya, innovatsiya, raqobat, qo‘shilgan qiymat va eksportni ko‘paytirishga eng katta turtki berayotgan yo‘nalishga aylandi.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, yaratilgan sharoitlar hisobiga kichik va o‘rta tadbirkorlar soni besh yilda 2 karra ko‘paydi. Ularda 10,5 million odam daromad topib, ro‘zg‘or tebratmoqda.

Iqtisodiyotning yarmidan ko‘pi, sanoat va eksportning uchdan biri shu soha vakillari hissasiga to‘g‘ri kelyapti.
“Bir haqiqatni yaxshi anglab olish kerak. Har qanday muvaffaqiyatli yirik biznesga erishish, eng avvalo, kichik g‘oya va harakatdan boshlanadi.
O‘zgarishlarga tez moslashadigan, yangilik va raqobatdan qo‘rqmaydigan, muhimi, odamlarni ishli qilib, daromadini ko‘paytirishda eng faol soha ham bu – kichik biznes.
Shu bois, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bundan keyin ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi”, - dedi prezident.
Mavzuga oid
19:59 / 23.04.2026
“QQSni oson qaytarib olish ta’minlanmasa, stavkani 6 foizga tushirishni taklif qilamiz” – Davron Vahobov
11:00 / 29.11.2025
Paynetʼdan Xolis – aylanmadan atigi 1% soliq bilan biznes yuritish imkoniyati: buxgalter shart emas, kassa apparati o‘tmishda qoladi, keshbeklar va yana ko‘plab qulayliklar
15:15 / 18.11.2025
Toshkent va Xorazm yangi kichik biznes ochganlar soni bo‘yicha peshqadam
18:54 / 08.09.2025