Paynet Xolisʼni taqdim etdi — o‘zini o‘zi band qilganlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun erkin ishlash imkonini beradigan flagman raqamli platforma.

Xolis — bozordagi qoidalarni o‘zgartirayotgan, tadbirkorlar uzoq kutgan, dolzarb muammolarni hal qiluvchi raqamli tadbirkorlik platformasi. Xizmat eng murakkab jarayonlardan birini — tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishni — yengillashtiradi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun yetarli:

1. Face ID orqali identifikatsiyadan o‘tish;

2. Faoliyat turini tanlash;

3. Ofermani tasdiqlash.

Shundan so‘ng ro‘yxatdan o‘tish, to‘lovlarni qabul qilish, fiskalizatsiya va moliyaviy vositalar bir joyga jamlanadi. Jarayon 5 daqiqa vaqt oladi, to‘liq onlayn — E-imzo, davlat idoralariga borish yoki kassa apparati kabi uskunalarni sotib olish talab etilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tgach barcha hujjatlar — guvohnoma, daromad ma’lumotnomasi va fiskal ma’lumotlar — shaxsiy kabinetda avtomatik paydo bo‘ladi.

Ro‘yxatdan o‘tish bilan birga tadbirkorga biznes-hamyon ochiladi — funksional jihatdan bank hisob raqamiga teng. U quyidagilarni imkonini beradi:

  • kiruvchi to‘lovlarni komissiyasiz qabul qilish;
  • QR va hisob-faktura bo‘yicha to‘lov qilganda 0,1% keshbek olish;
  • balansni boshqarish va mablag‘larni saqlash;
  • Paynet hamyonlariga, biznes kartalarga va bank kartalariga o‘tkazmalar;
  • Paynet nuqtalarda va infokiosklarda naqd pul yechish;
  • aloqa, internet, kommunal xizmatlar, kreditlar va boshqalarni to‘lash;
  • kontragent rekvizitlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish.

Hamyon avtomatik ochiladi va qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi.

Barcha to‘lovlarni qabul qilish usullari — bir xizmatda.