Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eronni uyg‘urlarni neftga «almashtirishda» aybladi
Foto: Andrew Harrer/Bloomberg
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Hameneiyni bosim ostida qolgan musulmonlarni neftga «almashtirayotganlikda» ayblab chiqdi. Bu haqda u Twitter’dagi o‘z sahifasida yozgan.
«Hameneiy o‘zini islom dunyosi yetakchisi deb ko‘rsatadi, biroq uning hukumati Xitoy - Eron neftining asosiy xaridori - yuz minglab musulmonlarni ta'qib qilayotgani va qamoqqa tashlayotganiga e'tiborsizlik bilan qaramoqda», - deya ma'lum qildi u. Bloomberg’ning ta'kidlashicha, Eron nefti eksporti hajmi pasayib borayotgan sharoitda, Xitoy uning eng yirik xaridori bo‘lib qolyapti.
Shu bilan birga, Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida musulmon uyg‘urlarga nisbatan repressiyalarga Osiyodagi boshqa davlatlar ham, jumladan, Indoneziya va Saudiya Arabistoni e'tibor bermayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh xitoylik musulmonlarni sanksiyalar yordamida himoya qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.