AQŞ Şinjon-Uyğur muxtor tumanida musulmon uyğurlarga nisbatan röy berayotgan bosim tufayli Xitoyga qarşi sanksiyalar qöllaş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda davlat kotibi Mayk Pompeoning yordamçisi ma'lum qildi, deya xabar beradi Reuters.
Uning sözlariga köra, Vaşington Şinjon-Uyğur muxtor tumanidagi vaziyatni kuzatib bormoqda va tegişli çoralar körişga tayyor turibdi.
Oq uyda bir neça oydan beri sanksiyalar muhokama qilinmoqda. Şu bilan birga, AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Şinjon-Uyğur muxtor tumanidagi etnik ozçilik muammosiga yetarliça e'tibor bermaganligi qayd etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyda uyğurlar uçun «qayta tarbiyalaş lagerlari» borligi ma'lum qilingandi.
The New York Times gazetasi Xitoyning Şinjon-Uyğur muxtor tumanida millionga yaqin etnik uyğurlar musulmonlar uçun «qayta tarbiyalaş lagerlarida» qolayotgan bölişlari mumkinligi haqida yozgan. Xabar qilinişiça, Xitoy hukumati ularni Xitoy tili, qonunlarini örganiş va iş könikmalariga ega bölişga majburlamoqda; uşbu lagerlarda bölişning asosiy maqsadi «odamlarning özgarişi», deb atalgan.
Bundan avval esa Xitoy xorijda yaşovçi uyğurlarni qörqitayotgani haqida xabarlar paydo böldi.
Qayd etilişiça, Xitoy boşqa davlatlarda, şu jumladan, Amerika Qöşma Ştatlarida yaşaydigan musulmonlar fuqarolarini doimo kuzatib bormoqda.

















