Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suyultirilgan gaz ballonlari onlayn nazorat qilinadi
Joriy yilning 15 oktyabridan boshlab «Nududgazta’minot» AJ tomonidan respublika hududlari bo‘ylab maishiy gaz ballonlariga shtrix kodli stikerlarni o‘rnatish ishlari boshlandi.
Bu tizim quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
I bosqich — maishiy gaz ballonlariga maxsus shtrix kodli stikerlar o‘rnatiladi;
II bosqich — iste'molchilar ID kartalar bilan ta'minlanadi;
III bosqich — mazkur jarayonlar «Ye-gaz» onlayn tizimiga ulanadi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, iste'molchiga berilgan ID kartada barcha ma'lumotlar ko‘rinib turadi. Bu bilan endi narx-navoni asossiz oshirish muammosi bo‘lmaydi.
Shu bilan birga, bu tizimda gaz ballon tarqatish oralig‘i 45 kun bo‘lsa, 45 kun ichida faqatgina bir marta pul yechib olinadi. Ya'ni 45 kun ichida ikkinchi bor gaz ballon olishning imkoni bo‘lmaydi.
Avtomatlashtirilgan tizimda belgilangan mablag‘ tegishli muddatda yechib olinadi. Ya'ni haydovchi-ekspeditor va ta'minotchi xodimlar tomonidan gaz ballon uchun qo‘ldan naqd pul olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu suyultirilgan gaz ta'minotida ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yanada oshirib, tizimdagi korrupsiya holatlarini bartaraf etishga imkon beradi.
Mavzuga oid
12:57 / 07.09.2025
“Sibir kuchi–2” bitimiga Tramp turtki berdimi?
14:25 / 05.09.2025
Andijonda yonilg‘i tashuvchi avtomobildan gazni to‘kish vaqtida yong‘in kelib chiqdi
12:29 / 04.09.2025
Elektr va gaz uchun kompensatsiya olgan oilalar soni ko‘paydi
08:34 / 04.09.2025