Xitoyning “Sibir kuçi–2” kelişuviga rozi bölişi Moskva–Pekin siyosiy yaqinlaşuvining ramziga aylandi. XXR RFdan arzon gaz oliş orqali içki ehtiyojlarini qondiryapti, lekin Yevropa tajribasidan kelib çiqib, töliq qaramlikdan ehtiyot böladi. Xitoy uçun bu loyiha AQŞ bilan muzokaralarda qöşimça ustunlik berişi ham mumkin. “Geosiyosat”da mavzu yuzasidan tahlilçilar Bektoş Berdiyev va Jahongir Akramov şarhi.
— Xitoy nega “Sibir kuçi–2” kelişuviga endi rozi böldi?
Bektoş Berdiyev: “Gazprom” raisi Aleksey Miller bu memorandumni yuridik jihatdan majburiyat yuklovçi hujjat deb alohida ta’kidladi.
Avvaliga, “Sibir kuçi–1” (“Sila Sibiri-1”) loyihasiga töxtalsak. Bu gaz quvuri Irkutskdan boşlanadi, Çayanda va Kovikta konlaridan ötadi. U Mongoliyani aylanib ötib, töğridan töğri Xitoyga kirib boradi. Uzunligi qariyb 2160 km. Rossiya energetik siyosatida Xitoyga uçta asosiy yönalişda gaz yetkazib berilişi rejalaştirilgan. Birinçisi hozir işlayotgan “Sibir kuçi–1”. Mutaxassislarning ma’lumotiga köra, bu quvur orqali yiliga 38 milliard kubometrgaça gaz Xitoyga yetkazilmoqda.
Ikkinçi yönaliş yaqinda imzolangan “Sibir kuçi–2” loyihasi. U Yamaldagi Urengoy konidan boşlanib, 2700 kilometr uzunlikda Xitoygaça çöziladi, undan keyin ham davom etadi. Aslida bu konlar Yevropani ta’minlaş uçun möljallangan edi. Masalan, 2019 yilgaça Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berişdan 165 milliard dollargaça daromad olgan.
Endi savol tuğiladi: Nega Xitoy “Sibir kuçi–2” loyihasiga rozi böldi? Bunga bir neçta sabab bor:
1. Xitoy izolyatsiyaga uçragan Rossiyani siyosiy jihatdan qöllab-quvvatlaşni maqsad qilmoqda.
2. Eng asosiysi, arzon gaz oliş. Rossiya öz içki bozoriga gazni qança narxdan yetkazib berayotgan bölsa, Xitoy ham xuddi şu narxni xohlayapti. Masalan, ming kubometr gaz Yevropaga 135–155 dollardan sotilayotgan bölsa, Xitoy uni deyarli ikki baravar arzon narxda olyapti.
“Sibir kuçi–2” quvuri orqali 2029 yildan boşlab yiliga 50 milliard kubometr gaz yetkazib berilişi rejalaştirilgan. Ehtiyoj tuğilsa, bu hajm 58 milliard kubometrgaça oşişi mumkin. Demak, 2030 yildan keyin Rossiya Xitoyga umumiy 110 milliard kubometr gaz eksport qilişi kutilmoqda. Bu Xitoyning umumiy gaz importining 40 foiziga teng böladi.











