O‘zbekiston | 17:00 / 24.09.2023
11838
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Qadam” raqamli kasblar platformasi SMM kurslari uchun 20 ta grant e’lon qildi

Foto: “Qadam” raqamli kasblar platformasi

hh.uz statistikasiga ko‘ra, SMM, IT, marketing, grafik dizayn, mobilografiya kabi zamonaviy kasblar uchun ish beruvchilar 4-5 million so‘mdan 10-15 million so‘mgacha maosh to‘lashga tayyor. “Qadam” platformasi esa bu kasblarni bepul o‘rganish imkonini taqdim etmoqda.

Bugungi kunda deyarli barcha o‘quv markazlarida SMM va mobilografiya kurslari oyiga o‘rtacha 2,5-3 million so‘mdan boshlanadi. Marketing kurslarida oylik minimal narx 6-7 million so‘mni tashkil qiladi. IT sohasida ham narxlar qiymati deyarli shunday. Darslar esa eng kamida 3 oy davom etadi. Ammo hamma ham bir necha oylab bunday summani to‘lash evaziga kasb o‘rganish imkoniyatiga ega emas. Bu o‘rinda “Qadam” platformasi taklif qilayotgan grant zamonaviy kasblarni o‘rganib, hayotini o‘zgartirish istagida yurgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat ekanligi aniq.

“Qadam” – bu yoshlarga zamonning eng talabgir va daromadli kasblarini o‘rgatishga mo‘ljallangan onlayn platforma. Bu yerda siz nafaqat o‘z sohasida havas qilarli tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardan dars olishingiz, balki professional rivoj uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Xususan, “Qadam” talabalariga kurs uchun bo‘lib to‘lash imkoniyati, ish qurollarini sotib olish uchun imtiyozli vaucherlar, portfolio yaratish uchun amaliy ishlar beriladi va platformaga moslashishda qiynalmasliklari uchun shaxsiy menejyer biriktiriladi. Kursni tamomlaganlarga diplom va sertifikatlar bilan birga ishga joylashishlari uchun tavsiyanomalar ham taqdim etiladi.

“Onlayn ta’lim samarasiz” degan fikr “Qadam” platformasi uchun begona, chunki talabalar darslarni yaxshi o‘zlashtirishlarini nazorat qilish va kerakli paytda yordam berish uchun ularga individual tyutorlar tayinlanadi. Hozirda platforma SMM, marketing, IT, mobilografiyaga, grafik dizayn va kopirayting yo‘nalishlarida yangi onlayn kurslar bazasiga ega.

Ayni damda siz xuddi shu kurslarda bepul o‘qish uchun grantni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Buning sizdan bor-yo‘g‘i maxsus so‘rovnomani to‘ldirish va nega bu grantni qo‘lga kiritishni xohlayotganingiz, kasb o‘rganish siz uchun qanchalik muhim ekanligi haqida motivatsion xat yozib qoldirish talab qilinadi.

So‘rovnomaga berilgan javoblar va motivatsion xatlar “Qadam” jamoasi tomonidan birma-bir ko‘rib chiqiladi hamda eng munosib deb topilgan 20 nafar nomzod onlayn kurslarda bepul o‘qish imkoniga ega bo‘ladi.

Grantga ariza topshirish muddati 01.10.2023 yil gacha etib belgilangan. Ishtiyoqingizni ko‘rsating va daromadli kasblarni bepul o‘rganib, muvaffaqiyat yo‘lingizni boshlang!

Ro‘yxatdan o‘tish: https://qadam.education/grant

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish