Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom sivilizatsiyasi markazi Ginness rekordlar kitobiga kiritildi
U «Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi» nominatsiyasi bo‘yicha e’tirof etilgani ta’kidlanmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi «Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi» nominatsiyasi bo‘yicha rasman Ginness rekordlar kitobiga kiritildi, deb xabar berdi «Dunyo». Bu haqdagi sertifikat tashkilot vakili Sheyda Subashi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Hazrati Imom majmuasi hududida joylashgan ushbu markaz ulug‘vor me’moriy ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi: hudud maydoni — 10 gektar, binoning uzunligi — 161 metr, kengligi — 118 metr, gumbazning balandligi — 65 metr, xonalarning umumiy maydoni esa qariyb 50 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Ta’kidlanishicha, aynan shu xususiyatlar jahon rekordiga asos bo‘lgan.
Islom sivilizatsiyasi markazi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026 yil 17 mart kuni ochilgan edi. Markaz maydoni va qamroviga ko‘ra, dunyoda islom tarixi, madaniyati va sivilizatsiyalarini o‘rganish hamda targ‘ib etishga qaratilgan yirik majmualardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
10:16
Toshkent to‘y oshi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
19:34 / 13.04.2026
Taekvondochi Yosinbek Odilov yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi
19:30 / 13.04.2026
Eski shaharning yangi Zarqaynari – turizm ko‘chasidan reportaj
17:41 / 13.04.2026