Tarixiy va etnografik manbalarga köra, Toşkent vohasida palov tayyorlaş madaniyati asrlar davomida şakllangan. Töy oşi asosan tong saharda, qalin devorli çöyan qozonlarda pişiriladi.

Vazirlikning qayd etişiça, geografik körsatkiç maqomi – Toşkent töy oşining nomi va an’anaviy tayyorlaş texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qiladi hamda mahsulot sifatining davlat me’yorlariga muvofiqligini kafolatlaydi.

“Toşkent töy oşi – ajdodlar merosi, milliy qadriyatlar va xalq ruhining yorqin ifodasi bölib, bugun gastronomik turizmni rivojlantiriş hamda milliy brendni xalqaro miqyosda tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etmoqda”, – deyiladi adliya axborotida.

Ma’lumot uçun, geografik körsatkiç – mahsulotning muayyan hududga mansubligini va uning öziga xos xususiyatlari aynan şu hudud bilan boğliqligini tasdiqlovçi intellektual mulk obektidir.