Jahon | 08:29 / 08.10.2016
9442
1 daqiqa o‘qiladi

Slovakiyada 13 oktabr motam kuni deb e'lon qilindi

Foto: ptzgovorit.ru

Slovakiyada mamlakatning birinchi prezidenti Mixal Kovachning dafni munosabati bilan 13 oktabr motam kuni deb e'lon qilindi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Bu haqda Slovakiya prezidenti devonxonasi vakili Roman Krpelan ma'lum qildi. 

"Mixal Kovach dafnining birinchi qismi Bratislav gradida bo‘lib o‘tadi, so‘ngra motam yurishi shahar markazidan prezident saroyigacha o‘tadi. Marhum prezident haqiga ibodat avliyo Martin uyida bo‘lib o‘tadi. Mixal Kovach oila a'zolari u bilan Bratislavadagi Ondrey qabristonida vidolashadilar", deb aytdi Krpelan.

Slovakiyaning birinchi prezidenti Mixal Kovach 86 yoshida yurak yetishmovchiligi tufayli Bratislavada vafot etdi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid