07:56 / 29.04.2020
62268

Qashqadaryodagi fotoqopqon qor qoplonini suratga oldi

Hisor davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqon nigohiga ikki bosh qor qoploni tushib qoldi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati

Qashqadaryo viloyati Hisor davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqon ikki bosh qor qoplonini suratga oldi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2020 yil 26 aprel kuni Qizilsuv bo‘limiga o‘rnatilgan fotoqopqon tekshirilganda, 2020 yil 16 mart kuni soat 18:30da fotoqopqon nigohiga ikkita qor qoploni tushgani ma’lum bo‘ldi.

Bildirilishicha, qor qoploni O‘zbekistonning yuqori qor tizmalarida yashovchi jonivor. U sayyoradagi hayvonot olamining kamyob turlaridan biri hisoblanadi.  

Top