Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi tasarrufidagi Hisor davlat qöriqxonasi xodimlari tomonidan oq boşli qumoy tasvirga olindi.

Oq boşli qumoy zaif, qisqarib borayotgan, ötroq, mozaik tarqalgan nominal kenja tur sifatida TMXI Qizil röyxati va Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Ovlaş taqiqlangan. Toğ qöriqxonalari va milliy tabiat boğlarida muhofaza ostiga olingan. 

Sönggi yillarda Ohangaron suv omborida 30 tagaça, Objazsoyda (Qurama toği)  46 ta, Dehqonobodda – 70 ta, Tangi qişloğida (Köhitang) – 27 ta dan iborat galasi uçragan. 

Surxon davlat qöriqxonasida mazkur turning umumiy soni 2015 yilda 55-60 tani taşkil etgan. Markaziy Osiyo populyatsiyasining soni barqaror. Dunyodagi populyatsiyasi 500 mingdan 1 milliontagaça ekani taxmin qilinadi.