Surxon davlat qöriqxonasida örnatilgan fotoqopqonlarga Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro toğ qöylarining noyob tasvirlari muhrlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boşqarmasi xabar berdi.
Buxoro toğ qöylari Özbekistonda asosan Köhitang, Boysuntoğ, Hisor, Bobotoğ toğ tizmalarida uçraydi. Ular odatda, dengiz sathidan 800-2500 metr balandlikdagi toğ tizmalarida va siyrak arçazorlarda yaşaydi. Buxoro toğ qöylari poda bölib yaşaydi va mavsumiy köçib yuradi.
Surxon davlat qöriqxonasida ötkazilgan sönggi sanoq natijalariga köra qöriqxonada 100 boşdan ortiq Buxoro toğ qöyi borligi aniqlangan.













