Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi tasarrufidagi «Hisor» davlat qöriqxonasida örnatilgan fotoqopqon obektiviga noyob qor qoplonlari guruhi muhrlangan.
Qöriqxona matbuot xizmatining xabar berişiça, fotoqopqonga tuşgan mazkur tört nafar qor qoploni bir oila vakillari hisoblanadi.
Ma’lumot uçun, qor qoploni – Xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqi va Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan dunyo miqyosidagi noyob tur hisoblanadi.
Şuningdek, u SITES - yöq bölib ketiş xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qiliş töğrisidagi Konvensiya röyxatiga kiritilgan. Qor qoplonini ovlaş qat’iyan taqiqlangan.
Qor qoploni Özbekistondan taşqari Xitoy, Nepal, Qirğiziston, Mongoliya, Tojikiston, Pokiston, Rossiya, Qozoğiston, Hindiston, Afğoniston va Butan kabi davlatlar hududida uçraydi.
Muşuksimonlar oilasiga mansub bu noyob jonivorni mamlakatimizda muhofaza qilişga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, «Hisor» davlat qöriqxonasida qor qoplonining erkin yaşaş tarzi va köpayişi uçun doimiy muhofaza çoralari amalga oşirib kelinadi.
«Hisor» davlat qöriqxonasiga örnatilgan fotoqopqonlar fevral va mart oylarida ham uç marta qor qoplonini tasvirga olgandi.











