Jahon | 19:18 / 03.03.2018
8388
1 daqiqa o‘qiladi

"Prostokvashino" multfilmi yangi seriyalarining kadrlari paydo bo‘ldi

Rossiyalik aktyor Ivan Oxlobistin Instagram’dagi o‘z sahifasida "Prostokvashino" multfilmidan yangi seriyalar tasvirlangan kadrlarni e'lon qildi.

Rossiyaning "Soyuzmultfilm"i boshqaruvi raisi Yuliana Slashchevaning juma kuni xabar berishicha, studiya 2018 yilning oxiriga qadar multfilm yangi 8-10 ta seriyasini chiqarish niyatida. 2018-2020 yillarda hammasi bo‘lib 30 ta seriya yaratiladi.

Ma'lum bo‘lishicha, yangi seriyalarda mushuk Matroskinga Mixail Yefremov, Sharik kuchugiga Garik Sukachev, Fyodor amakiga esa Aleksey Onejyen ovoz beradi.
 
Multfilmda ikkita yangi personaj paydo bo‘ladi – Fyodor amakining singlisi Vera Pavlovna va noma'lum hayvon Tama-Tama.

Mavzuga oid