O‘zbekiston | 18:12 / 17.09.2021
4355
1 daqiqa o‘qiladi

Ertaga O‘zbekistonda quyoshli va juda issiq ob-havo saqlanib turadi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda quyoshli va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarida ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo harorati 32-37 daraja issiqni tashkil etadi, Ustyurtda harorat 23-28 daraja issiqqacha pasayishi kutilmoqda.

Poytaxtda havo quyoshli bo‘ladi. Havo harorati 35-37 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Tog‘li hududlarda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30 daraja issiqni tashkil etadi.

Mavzuga oid