O‘zbekiston | 16:59 / 22.12.2025
4129
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi yil arafasi biroz quruq va iliq o‘tadi

Dekabrning o‘tayotgan ikki xaftaligidagi tinimsiz yog‘ingarchilik va yuqori namgarchilikdan so‘ng tabiat biroz dam oladi. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

Joriy haftaning seshanbasida, vodiy viloyatlari va tog‘larni hisobga olmasa, hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Dam olish kuni navbatdagi nam havo oqimi katta qishloq xo‘jaligi yer maydonlariga ega viloyatlar ustidan o‘tadi. Ammo undan ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Yangi yil arafasida, xususan yangi yilga o‘tar kechasida ham katta masshtabdagi qor bo‘ronlarini keltirib chiqaruvchi nam havo oqimlarining mintaqaga kirib kelishi bilan bog‘liq kutilmalar yo‘q.

Yanvar oyi esa respublikaning turli qismida turlicha iqlimiy muhit ostida o‘tadi. Ayrim viloyatlarda ko‘p yillik iqlimiy me’yordan kam, ayrimlarida me’yoriy va ayrimlarida ko‘proq yog‘inlar tushishi mumkin.

Harorat rejimi bo‘yicha xam oylik kutilmalar shunday. Ayrim viloyatlarda sovuqroq, ayrimlarida mo‘’tadil va ayrimlarida biroz iliqroq kutilmoqda.

Шокир Шарипов
Tayyorlagan Шокир Шарипов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid