Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer Quyoshga maksimal darajada yaqinlashadi
4 yanvar soat 19:17 da yangi yilning birinchi oyidagi eng muhim tabiat hodisasi yuz beradi.
Yer perigeliy nuqtasida, ya'ni Quyoshga eng yaqin masofada bo‘ladi. Bunda Quyosh va Yer o‘rtasidagi masofa 147 mln kilometrni tashkil qiladi. Bu masofa Quyoshning afeliy, ya'ni Yer Quyoshdan maksimal uzoqlashgan nuqtadan 5 mln km yaqinroq bo‘ladi. Yerning bunday beqarorligining sababi uning orbitasi ellips ko‘rinishida bo‘lganidandir. Yer perigeliy va afeliy nuqtalarida bir yilda bir martadan bo‘ladi. Sayyoramiz perigeliyda afeliydan ko‘proq issiq oladi, biroq bu iqlimga oz ta'sir qiladi.
Bundan tashqari, 3 yanvardan 4 yanvarga o‘tar kechasi osmon shousi – Kvadrantid meteor oqimining maksimumi kutilmoqda. Bunda meteorlar soatiga 200 donadan uchadi. Ular Yerdan 80 km balandlikda yonib ketadi.
2017 yilning eng muhim voqeasi esa 21 avgustda to‘liq quyosh tutilishi bo‘ladi.
Mavzuga oid
07:15 / 22.11.2025
Yerdan tashqari okeanlar: Quyosh tizimida suvning asosiy zaxirasi qayerda?
07:16 / 20.11.2025
Inson faoliyati tufayli Yerning aylanish o‘qi 80 smga siljigani aniqlandi
07:50 / 27.10.2025
Oydagi chang Yerda suvning kelib chiqishi haqidagi versiyani o‘zgartirdi
12:45 / 19.09.2025