O‘zbekiston | 12:56 / 26.12.2025
578
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent atrofida filtrsiz ko‘mir qozonxonalariga chek qo‘yiladi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ko‘mirda ishlaydigan filtrsiz qozonxonalardan voz kechish rejalashtirilmoqda. Issiqxonalar poytaxt atrofidan ko‘chirilib, isitish markazlashgan qozonxonalar orqali yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 2 mingga yaqin ko‘mir va gazda isitiladigan issiqxona faoliyat yuritmoqda. Endilikda filtrsiz ko‘mirda ishlaydigan qozonxonalardan voz kechilishi, ularni poytaxt atrofidan ko‘chirish orqali havo ifloslanishini kamaytirish maqsad qilingan.

Islohotlar doirasida barcha hududlarda markazlashgan qozonxonalar orqali isitish tizimini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga, ushbu jarayonni qo‘llab-quvvatlash uchun 200 gektardan kam bo‘lmagan agroklasterlar tashkil etiladi.

Ma’lum qilinishicha, agroklasterlar tarkibiga o‘tmoqchi bo‘lgan issiqxonalarga alohida subsidiya ajratiladi. Tashabbus issiqxona xo‘jaliklarining yangicha, ekologik talablarga mos infratuzilmaga o‘tishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid