O‘zbekiston | 20:25 / 10.02.2026
10904
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Tovar ayirboshlash sur’ati barqaror ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda, yirik infratuzilmaviy loyihalar, shu jumladan, «Xitoy ­– Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li va Qambarota gidroelektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha birgalikdagi ishlar davom ettirilmoqda.

Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashdi, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid