Qirğiziston Mudofaa vazirligi 31 mart kuni Kant aviabazasida joylaşgan Su-25 samolyoti bilan sodir bölgan voqeadan söng, Rossiya qiruvçi samolyotlarining öquv-maşğulot parvozlarini töxtatdi, deb xabar berdi 24.kg.
Maşğulot parvozi çoğida Rossiya samolyoti tasodifan ikkita öquv snaryadini taşlab yuborgan. Qirğiziston Mudofaa vazirligi «ikkita öquv öq-dorisining ruxsatsiz taşlanişi» sodir bölganini ta’kidladi. Böş snaryadlar yalanglikka tuşgan. Qurbonlar va vayronagarçiliklar bölmadi.
Hodisa sabablari aniqlangunga qadar öquv-maşğulot parvozlari töxtatildi. Tegişli tekşiruv Qirğiziston harbiy prokuraturasi tomonidan boşlangan. Bundan taşqari, Rossiya Havo-kosmik kuçlari qömondonligi yaqin vaqt içida respublikaga yetib keladigan maxsus komissiya tayinlaşga qaror qildi.
Qirğiziston OAV ma’lumotlariga köra, hodisa Issiqköl tumani Sari-Qamiş qişloğining yuqori qismidagi dalalar ustida sodir bölgan. Snaryadlar tuşişi oqibatida yerda radiusi 2-3 m bölgan ikkita çuqurça hosil bölgan.
Rossiya aviabazasi Qirğizistonning Çuy viloyati, Kant şahrida joylaşgan. Bu yerda Su-25SM samolyotlari va Mi-8 vertolyotlari joylaştirilgan.

















