Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trastbank bosh sovrini “Lixiang Li 7” avtomobili bo‘lgan aksiya sovrindorlarini aniqladi
Foto: Trastbank
2026 yil 23 may kuni Trastbank xususiy aksiyadorlik banki tomonidan “Mastercard” xalqaro to‘lov tizimi bank kartasi egalari uchun o‘tkazgan “Trastbank bilan birga bo‘ling va sovg‘aga ega bo‘ling” aksiyasi sovrindorlari aniqlandi. Poytaxtimizdagi “Navro‘z” bog‘ida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Trastbank XAB rahbariyati, “Mastercard” xalqaro to‘lov tizimi mutasaddilari, moliya muassasi jamoasi va mijozlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, ushbu aksiya 2025 yil 1 oktyabrdan 2026 yil 28 fevralga qadar bo‘lgan davr ichida o‘tkazilib, quyidagi qimmatbaho sovrinlar o‘ynaldi:
a) AQShga 1 dona ikki kishi uchun 10 kunlik sayohat yo‘llanmasi;
b) “Samsun TV” televizori (3 dona);
d) “Samsung” kir yuvish mashinasi (3 dona);
e) “iPhone 16 Pro” mobil aloqa telefoni (3 dona);
f) “Apple iPad Air 11” plansheti (3 dona);
g) elektr samokat (3 dona).
Bosh sovrin – Xitoyda ishlab chiqarilgan “Lixiang Li 7” gibrid avtomobili (1 dona).

Unda ishtirok etish uchun Trastbank tomonidan emissiya qilingan “Mastercard” kartasini olish va u orqali bir kun davomida 10 (o‘n) AQSh dollari hamda undan ko‘p qiymatda tranzaksiyalarni amalga oshirish zarur edi.

Tadbirda sovrindorlar aksiya ishtirokchilari orasidan tasodifiy (random) tanlash orqali aniqlanib, tasdiqlandi. Ushbu jarayonni bank mijozlari, OAV vakillari hamda jamoatchilik vakillari bevosita kuzatib bordi. Shuningdek, bankning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali ham jonli efirda namoyish etildi. Bu esa aksiyaning shaffofligidan dalolatdir.

Natijalarga ko‘ra, aksiya bosh sovrini – “Lixiang Li 7” gibrid avtomobili bankning namanganlik mijozi Iqbolxon Dadaxonovaga nasib qildi.
Bundan tashqari, tadbirda kulgi ustalari va estrada xonandalarining chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, bank faoliyati va xizmatlariga oid interaktiv savol-javob o‘tkazilib, faol ishtirok etganlar moliya muassasasining esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
12:00 / 08.04.2026
Islomiy moliya: "Trastbank" XAB – ilk qadam qo‘yganlardan
10:00 / 31.07.2024
Trastbankdan aksiya: qancha ko‘p ish o‘rni yaratsangiz, shuncha ko‘p imtiyozga ega bo‘lasiz!
19:00 / 26.06.2024
“Trastbank”: Chevrolet Tracker avtomobili va boshqa qimmatbaho sovrinlar egalari aniqlandi!
17:07 / 02.11.2023