Özbekistonda islomiy moliyaga doir qonunçilik paketi prezident tomonidan imzolandi. Kun.uz bu jarayonni muntazam yoritib kelmoqda. Qonunçilik tayyor ekan, endi navbatdagi savol quyidagiça: yangiça faoliyat turiga kimlar birinçilardan bölib qadam qöydi? Ma’lum bölişiça, bu yönalişda birinçilardan biri – "Trastbank" XAB.
Avvalo, yangi qonun nega kerak bölgani haqida ikki oğiz.
Islomiy moliya şu paytgaça “ixtiyoriy taşabbus” bilan yurib keldi. Amalda bu sohada işlaş uçun banklar bir vaqtning özida bir neça tösiqqa duç kelar edi:
- banklar uçun savdo operatsiyalariga çeklovlar (holbuki, murobaha kabi mahsulotlar aynan aktiv/tovar orqali işlaydi);
- önğaysiz soliq mexanizmi: qöşimça tölovlarga QQS kabi yuklamalar islomiy mahsulotni qimmatlatib qöyardi;
- litsenziyalaş, yagona standart va şariat nazorati instituti yöq edi: qanday mahsulotni “islomiy” deb ataş mumkinligi, uni kim tekşirişi va qanday hisob yuritilişi masalasi hal qilinmagan edi.
"Trastbank" XAB kabi banklar şunday şaroitda islomiy moliyani jonlantirib keldi. Yangi qonunçilik paketi vaziyatni özgartiradi: islomiy moliya endi epizodik faoliyatlar emas, qoida va institutlar bilan işlaydigan yönalişga aylanişi kerak.

2026 yil 25 mart kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti huzurida islomiy moliya xizmatlarini joriy qiliş masalasi körib çiqildi. Ma’lum qilinişiça, Markaziy bank huzurida Islomiy moliya kengaşi taşkil etiladi. Şuningdek, islomiy moliya xizmatlarini körsatuvçi banklarda ham alohida kengaşlar tuziladi. Ular standartlar işlab çiqiş, me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaşda kömaklaşiş, bahsli masalalarga izoh beriş, şartnomalar va içki hujjatlarni körib çiqiş, muvofiqlik ustidan nazoratni ta’minlaş bilan şuğullanadi.
Uşbu işlarning mantiqiy davomi sifatida "Trastbank" XAB xususiy aksiyadorlik banki boşqaruv raisi S.Normuhamedov boşçiligidagi delegatsiya a’zolari Jidda şahrida Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi delegatsiyasi bilan muzokalar olib bordi. Unda islom moliyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan özaro fikr almaşildi.
Bundan taşqari, "Trastbank" XAB va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi örtasida 20 mln dollarlik bitim imzolandi. Unga muvofiq, mamlakatimizda tadbirkorlik va kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş tizimli ravişda jadal davom ettiriladi. Bankda körsatilayotgan moliyaviy xizmatlar kölami kengaytiriladi. Natijada oziq-ovqat, tekstil, farmatsevtika, umumiy ovqatlaniş, xizmat körsatiş va boşqa şu kabi sohalar yanada kengayib, yangi iş örinlari yaratiladi.
















