Oziq-ovqat xavfsizligi doim dolzarb masalalardan biri bölib kelgan. Ayni pişiqçilik vaqtida bu masalaga yanada jiddiy e'tibor beriş talab etiladi. Sababi, bu davrda mevalar, poliz ekinlari pişib yetiladi va bozorlarda bu mahsulotlarning savdosi yanada avjiga çiqadi. Ayniqsa, qovun-tarvuz savdosini yoz kunlarida bozorlardan taşqari, har qadamda uçratişimiz mumkin.
Xöş, ayni şu davrda oziq-ovqat xavfsizligi talablariga yetarliça e'tibor berilyaptimi? Bu mahsulotlar tegişli tartibda laboratoriya tekşiruvidan ötgandan keyin savdoga çiqarilyaptimi?
Mazkur savollarga javob topiş maqsadida Samarqand viloyati, Paxtaçi tumanida örganiş olib bordik.

Uşbu tumandan M-37 avtomagistral yöli ötgan. Yöl çetida tarvuz-qovunlar savdosini uçratiş mumkin. Ammo bu mahsulotlar savdosining eng «issiq nuqtasi» Sultonobod bozori hisoblanadi.
Bu yerda haftaning çorşanba va yakşanba kunlari bozor böladi. Yuk maşinalarida tarvuz-qovunlar olib kelinib sotiladi. Qolgan kunlari esa Sultonobod bozori joylaşgan M-37 yöli çeti asosiy savdo maskaniga aylanadi (Bozordagi tartibsizliklar, umumiy ovqatlaniş maskanlaridagi antisanitar holatlar alohida mavzu).


Bozor içi va yöl böyidagi uşbu poliz mahsulotlarini kuzatar ekanmiz, birorta ham laboratoriya tekşiruv xulosasini körmadik. Aslida bu mahsulotlar tanlab olingan holda maxsus tekşiruvdan ötgandan keyin savdoga qöyilişi kerak. Afsuski, Paxtaçi tumanida heç kim bu tartibga amal qilmayapti. Sultonobod bozorida bozorlarda bölişi lozim bölgan laboratoriyani ham körmadik.
Ma'lumki, uşbu mahsulotlarning sifati va xavfsizligini ta'minlaş sohasidagi davlat boşqaruvini soğliqni saqlaş, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazlari, veterinariya, ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi, standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi tomonidan amalga oşiriladi.
Şunga muvofiq, Paxtaçi tumani hududida tarvuz-qovun mahsulotlarini maxsus laboratoriya tekşiruvisiz sotilayotgan holati yuzasidan izoh oliş uçun Samarqand viloyat davlat santariya-epidemiologiya nazorat markazi boş vraçi Manzura Otamurodova bilan boğlandik.














