2026−2030 yillar Özbekistonda «Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri» deb e’lon qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori (.pdf) qabul qilindi.
Qayd qilinişiça, uşbu davrda aholi ehtiyojiga yetarli darajada va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beriş hamda isrofning oldini oliş çoralari köriladi, aholi orasida töğri ovqatlaniş böyiça tuşuntiriş tadbirlari ötkaziladi, oziq-ovqat mahsulotlaridan hosil bölgan çiqindilar qayta işlaş korxonalariga topşiriladi. Şuningdek, töylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar «belgilangan tartibda» ötkazilişi qat’iy nazoratga olinadi.
Qaror bilan umumiy ovqatlaniş sohasida oziq-ovqat çiqindilari hosil bölişini kamaytiriş va isrofning oldini olişga qaratilgan «Oqilona iste’mol» (Save Food) dasturini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.
Rejada umumiy ovqatlaniş korxonalarining markazlaşgan oqova suv tizimlariga ulanişi, atmosfera havosini ifloslantiruvçi moddalar va hidlarni uşlab qoluvçi qurilmalarni örnatişi, oziq-ovqat çiqindilarini kompostlaşi tartibi belgilangan.
Rejada qayd qilinişiça, qişloq xöjaligi mahsulotlarining behuda yöqotilişini kamaytiriş uçun ularni yiğiştirib oliş, saralaş, yuklaş, taşiş, muzlatkiçlarga joylaştiriş jarayonlari monitoring qilinadi. Dökonlarda yaroqlilik muddati ötgan oziq-ovqat mahsulotlariga çegirma tizimi kengroq joriy etiladi.
Özbekistonda töylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning ötkazilişini tartibga soluvçi reglament 2019 yilda parlament tomonidan tasdiqlangan, jumladan, iştirokçilar soniga çeklov kiritilgan. Şu yili uşbu qoidalarni buzganlik uçun jarimalar ham joriy etilgan edi.
2025 yil bahorida töylar, oilaviy tantanalar, ma’rakalar va marosimlar ötkazilişi tartibining yangilanişi haqida e’lon qilindi. Biroq, hujjat hali e’lon etilmadi.












