2 martdan tadbirkorlik sub'yektlarining yuridik manzili soliq organlari ruxsati bilan o‘zgartiriladi
Soliq majburiyati mavjud tadbirkorlik sub'yektlarining yuridik manzili soliq organlarining elektron xulosasi asosida o‘zgartiriladi. Bu tartib 2021 yil 2 martdan kuchga kiradi.
Tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida qasddan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning hududdan hududga ko‘chish yoki boshqa sub'yektga qo‘shilish kabi sxemalari amaliyotda ko‘p tarqalayotgani bois endilikda ular yuridik manzilini soliq organlarining elektron xulosasi asosida o‘zgartiradi.
Davlat soliq qo‘mitasidan xabar qilishlaricha, «Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, yuridik manzilni o‘zgartirish uchun soliq organining elektron xulosasi talab etilishi belgilandi.
Qayd etilishicha, soliq organlari tadbirkorlik sub'yektlarining majburiyatlarini 4 ta mezon asosida tekshiradi. Agar bu mezonlar bo‘yicha soliq majburiyatlari bajarilgan bo‘lsa, tadbirkorlik sub'yekti qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Bu mezonlar quyidagilar:
- bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari (73,5 mln so‘m)dan ortiq soliq qarzi mavjudligi;
- amalga oshirilgan tovar aylanma hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilgani;
- tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilgani;
- soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda topshirilgani.
«Soliq majburiyati bajarilmagani sababli ko‘chishga ruxsat etilmagan sub'yektlar soliq majburiyatlarini to‘liq bajargandan so‘ng manzilini o‘zgartirish bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlariga takroran murojaat qilish huquqiga ega», – deyiladi rasmiy xabarda.
Mavzuga oid
18:32 / 04.11.2024
Tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi
11:00 / 30.10.2024
O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani aytildi
18:19 / 21.09.2024
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
14:40 / 09.09.2024