Yangilangan tartib PQ–61-qarorga kiritilgan özgartiş va qöşimçalar asosida qator çoralarni nazarda tutadi.
Bitiruvçini işga qabul qilgan tadbirkorlarga 7 yilgaça (şundan 2 yili imtiyozli davr) 5 mlrd sömgaça miqdorda, Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz punkt yuqori stavkali mablağ ajratiladi.
“Bir milliard — bir bitiruvçi” qoidasi. Har bir 1 mlrd sömgaça ajratiladigan mablağ uçun tadbirkor kamida 1 nafar bitiruvçini işga qabul qiladi.
Işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohalaridagi loyihalarga — asosiy vositalarni sotib oliş va aylanma mablağlarni töldiriş maqsadida beriladi.
Tadbirkor moliyaviy qöllab-quvvatlaşga asos bölgan bitiruvçi bilan 2 yil içida mehnat şartnomasi bekor qilinsa, bekor qilingan sanadan boşlab stavkalar tijorat stavkasiga özgartiradi.
Agar uşbu xodim örniga 1 oy içida boşqa bitiruvçi qabul qilinsa, imtiyoz şarti saqlanadi.
Bitiruvçilar örtasida eng yaxşi startap va innovatsion loyihalar tanlovi ötkaziladi. Ğoliblarga 1 mlrd sömgaça grant ajratiladi, şart — taşkilot kamida 2 nafar bitiruvçini işga oladi.











