09:35 / 01.03.2021
12895

Abdulaziz Komilov Rossiyaga boradi 

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining Rossiyaga bo‘lajak amaliy tashrifi to‘g‘risida ma'lumot berildi.

2021 yilning 1-2 mart kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiyaga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, muzokaralar chog‘ida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Tomonlar joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvalini ham ko‘rib chiqadilar, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashgandi.

Top