Sport | 08:18 / 14.12.2020
8565
1 daqiqa o‘qiladi

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori tayinlandi

O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirining maxsus qarori bilan Rashid Matkarimov Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori etib tayinlandi.

R. Matkarimov 30 yildan buyon sport sohasida faoliyat olib bormoqda. 1999 yilda pedagogika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan, 2016 yil professor ilmiy unvonini olgan. 

Shuningdek, 2019 yilda Rossiyaning Petrovskiy nomidagi fan va san'at akademiyasining haqiqiy muxbir a'zoligiga qabul qilingan, 2004 yildan og‘ir atletika bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam hamda Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi ilmiy qo‘mita a'zosi hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, 3 noyabrdagi prezident qaroriga muvofiq, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tashkil etilgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish