Ma’lum bölişiça, Kötarma mahallasi 1-, 3- va 9-uylar orasidagi 15 sotix yer maydoni Toşkent şahar hokimining 2020 yil 9 dekabrdagi 1147-sonli qarori asosida fuqaro Mirhamid Mirxodjayevga kompensatsiya tariqasida doimiy foydalaniş huquqi asosida köp qavatli turar joy quriş uçun ajratilgan.

1-, 3- va 9-uylarda yaşovçi fuqarolar uşbu hududda bolalar va sport maydonçasi, qariyalar dam olişi uçun şiypon, avtoturargoh quriş şarti bilan quriliş olib borilişiga rozilik bildirişgan. Şu bilan birga, bu haqda mahalla fuqarolar yiğinining bayonnomasi ham rasmiylaştirilgan.
Mahalliy aholi vakillari “Max Building Project” MÇJ bu yerda bino qurmoqçi ekanidan umuman xabari yöqligi, rozilik imzosi haqiqiy emasligini aytişmoqda.

“Törtta “dom” oldida bitta ham bolalar maydonçasi yöq. Natijada bolalarimiz qayerga çiqib öynaşni bilmaydi. Mahalladan hamma joyda bolalar maydonçasi bor, nega bizda hali ham bunday maydonça qurilmagani haqida söraganimizda mas’ullar tez orada böladi deb javob berişgandi.
Oradan qançadir vaqt ötgaç, şahar hokimining qarorini körsatişdi. Sobiq mahalla raisi bolalar maydonçasi, şiypon qurilişi uçun aholidan imzo yiğişni boşladi. Ammo atrofdagi domlarda yaşovçilardan heç kimning bu yerda köp qavatli imorat qurilişidan xabari bölmagan.
Imzolar esa qalbakilaştirilgan. Bugun tadbirkorning qölida turgan bayonnomada köplab mahalladoşlarimiz ism-familiyasi yozilgan joyda boşqa imzo turgani körib bu ularning imzosi emasligini aytişdi. Bir neça kun oldin quruvçilar dabdurustdan kelib ekskavatorlarini işlatib ketişmoqda. Agar “uçastkavoy”lar kelib, ularni töxtatişmaganda “kotlovan”lar qöyib qurişni boşlab yuborişardi”, deydi 39 uyda yaşovçi Dildora Hamroyeva.

“Şu yil fevral oyida “Yaşil makon” dasturi doirasida daraxt köçatlarini ekdik. Tadbirkorning joyi bölganda nega daraxt ekmanglar, bu maydonda bino quriladi, keyin menga ta’na qilmanglar deb ogohlantirmadi? Bir yuz ellikta manzarali köçat ekkanmiz.




















