Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrining Çilonzor tumani Bunyodkor şohköçasi böylab davlat raqam belgisi 01 F 222 FB bölgan Tracker maşinasi haydovçisi yuqori tezlikda harakatlanganligi aks etgan videolar tarqaldi. Haydovçi tezlikni 170 km/soatgaça oşirgan hamda bu orqali özi va özgalar hayotini xavf ostiga qöygan.

Toşkent şahar IIBB YHXB matbuot xizmati haydovçi aniqlanib, unga nisbatan çora körilganini ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, holat böyiça Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilgan. Tracker maşinasi haydovçisi, 1996 yilda tuğilgan Farrux ismli fuqaro ekanligi, transport vositasining hujjatlari tekşirilganda maşinaga ruxsatnomasiz qayta jixoz örnatganligi aniqlangan.

Haydovçiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, haydovçi bilan profilaktik suhbat olib borilgan. Tracker esa vaqtinça saqlaş uçun jarima maydonçasiga joylaştirilgan.