1 avgustdan 10 sentabr oraliği talabalarni turar joy bilan ta’minlaş uçun “dolzarb qirq kunlik” etib belgilandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri örinbosari Sarvarxon Buzrukxonov iştirokida ötgan yiğilişda ma’lum qilindi.
Ta’kidlanişiça, 2024/2025 öquv yilida ötgan yilgi tajribadan kelib çiqib, barça oliy ta’lim muassasalarining asosiy binolari va TTJlarining kiriş qismlarida kamida 4ta “Talabalar turar joylariga joylaştiriş uçun yordam körsatiş markazlari” (infokiosk) taşkil etiladi.
Infokiosk faoliyatini yölga qöyib, unga tajribali volontyorlarni biriktirgan va eng namunali faoliyat yuritgan “Talabalar turar joylariga joylaştiriş uçun yordam körsatiş markazlari”ga 20-30 million söm pul mukofoti beriladi. Vazirlikning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, bu mablağlar vazirlik tomonidan ğolib bölgan OTMlariga beriladi.
Şuningdek, yiğilişda mas’ullarga ijara xonadonlari bazasini şakllantiriş, talabalarning guruh tyutorlari orqali ijara xonadonlariga joylaşişiga kömaklaşiş, OTM rasmiy veb-sayti orqali yangi topilgan ijara uylari va ular haqidagi ma’lumotlar (manzili, xonadon egasining ismi şarifi, telefoni, ijara uyining narxi körsatilgan holda)ni e’lon qiliş vazifasi yuklatildi.
Bundan taşqari, OTM rektorlariga haftada kamida 1 marta yotoqxona va ijarada yaşayotgan talabalar holidan şaxsan xabar oliş topşiriği berilgan.
Eslatib ötamiz, 1 avgustdan talabalar turar joylari uçun onlayn ariza beriş boşlangani xabar qilingan edi.











