Jahon | 00:33 / 24.10.2025
19490
2 daqiqa o‘qiladi

Putin: “Ukrainaga Tomahawkʼlar beriladigan bo‘lsa, bunga juda jiddiy va hayratlanarli javob qaytariladi” 

Foto: Kommersant’

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

U AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari, Budapesht sammiti va “Tomahawk” raketalari borasida fikr bildirdi

Ukrainaga Tomahawk raketalari yetkazib berilishi haqida 

Bu mavzudagi gaplar — eskalatsiyaga urinish.

Raketa yetkazib beriladigan bo‘lsa, bunga javobimiz juda jiddiy va hayratlanarli bo‘ladi.

Budapeshtdagi sammit haqida

Budapeshtdagi sammitga tayyorgarliksiz borish xato bo‘lardi. 

Vengriya poytaxtida uchrashishni Amerika tomoni taklif qildi. 

Urushni davom ettirishdan ko‘ra muloqot yaxshiroq. 

Uchrashuvni qoldirish borasidagi qarorni prezident Donald Tramp qabul qildi. 

Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar haqida 

Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar mamlakatning iqtisodiy sezuvchanligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. 

O‘zini hurmat qilgan hech bir mamlakat bosim ostida hech narsa qilmaydi. 

AQSh sanksiyalari — Rossiya-Amerika munosabatlarini mustahkamlamaydigan nodo‘stona qadam. 

Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddati chog‘ida Rossiyaga qarshi eng ko‘p sanksiyalarni joriy etgan. 

Neft bozori haqida

Jahon energetika muvozanati o‘rnatib bo‘lingan, uni sindirish buni amalga oshirmoqchi bo‘layotgan mamlakatlar manfaatiga mos kelmaydi. 

Jahon bozorida Rossiya neftining o‘rnini egallash vaqt talab qiladi. 

Rossiya neftining keskin kamayishi bozorda narxlar oshishiga olib keladi. 

Rossiya va Saudiya Arabistoni ko‘proq neft sotadi, AQSh esa ko‘proq iste’mol qiladi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid