2023 yilgi davlat dasturiga oid farmon loyihasida tibbiyot sohasiga oid bir neçta rejalar sanab ötilgan.

Unga köra, vaqtinça mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boşqa tibbiy ma’lumotnomalar berilişi bosqiçma-bosqiç elektron şaklga ötkaziladi. Taxminiy muddatlar quyidagiça:

  • Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida – 2023 yil 1 iyuldan boşlab;
  • Toşkent şahri, Toşkent va Samarqand viloyatlarida – 2023 yil 1 oktyabrdan boşlab;
  • respublikaning boşqa hududlarida – 2024 yil 1 yanvardan boşlab.

2024 yil 1 yanvardan boşlab tibbiy ma’lumotnomalarni qoğoz şaklda talab qilişni taqiqlaş közda tutilmoqda.

Loyihaga köra, 2023 yil 1 iyuldan boşlab Toşkent şahrida bosqiçma-bosqiç davlat tibbiy suğurtasi mexanizmlari joriy etiladi.

Sirdaryo viloyatida tibbiy suğurtani joriy etiş böyiça ötkazilgan eksperiment natijalarini inobatga olgan holda, bu tizim bosqiçma-bosqiç respublikaning boşqa hududlarida ham joriy etiladi. Bunda, tibbiy xizmatlarni moliyalaştiriş yaxşilanişi hisobiga aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati oşişi aytilmoqda.

2023 yil yakuniga qadar nogironligi bölgan şaxslarni ambulator va statsionar şaroitda bepul tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya çoralari bilan qamrab oliş kölami 2 barobar oşirilib, 30 ming nafarga yetkazilişi nazarda tutilgan.

Soğliqni saqlaş vazirligiga 2023 yil uçun quyidagi vazifalar yuklatilişi közda tutilmoqda:

  • 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy şifokor punkti va 520 tagaça ixçam mahalla tibbiyot punktlarini taşkil etiş;